Quruvchilar uchun CRM

Qurilish kompaniyasi uchun CRM: birinchi qo‘ng‘iroqdan shartnomagacha

Qo‘ng‘iroq, Telegram yoki bot orqali kelgan har bir murojaat CRMga tushadi, menejerga darhol biriktiriladi va shartnoma imzolanguncha nazoratda turadi. Mijozlar bazasi, vazifalar, telefoniya va sotuv tahlili — bitta tizimda.

Telegramda yozish
  • Lid kartasida to‘liq tarix
  • Avtomatik taqsimlash
  • IP-telefoniya va Telegram
Lid kartasi Namuna
Nodira K.2 xona · 600 mln so‘mgachaShartnoma
Telegram botToshkentBo‘lib to‘lash
  1. Telegram botdan murojaatLid avtomatik yaratildi
  2. Menejerga biriktirildiUmumiy navbat bo‘yicha
  3. Qo‘ng‘iroq · 04:12Yozuv lid kartasida saqlandi
  4. Obyektni ko‘rish: shanba, 11:00Mijozga eslatma yuborildi
  5. Shartnoma № 1047B blok · 36-xonadon · 24 oy

Nega SaleHouse

Nega qurilish kompaniyasiga maxsus CRM kerak

Oddiy CRM mijoz va bitimni biladi, lekin xonadon, bron, bo‘lib to‘lash va qarzdorlikni bilmaydi. SaleHouse uy sotish uchun yaratilgan: lid bir bosishda mijoz va shartnomaga aylanadi, to‘lovlar esa o‘sha kartada ko‘rinadi.

Hech bir murojaat yo‘qolmaydi

Qo‘ng‘iroq, Telegram va botdan kelgan lid manbasi bilan saqlanadi va mas’ul menejerga avtomatik biriktiriladi.

Menejerlar ishi ko‘rinib turadi

Kim nechta lid oldi, qaysi vazifani kechiktirdi va nechta shartnoma tuzdi — taxmin emas, aniq raqamlar.

Liddan shartnomagacha bitta yo‘l

Mijoz ma’lumotlari qayta yozilmaydi: shartnoma va to‘lovlar o‘sha lid tarixida turadi.

Sotuv voronkasi

Sotuv bo‘limi uchun CRM: voronkalar va lidlarni avtomatik taqsimlash

Bir nechta voronka yarating va bosqichlarni o‘zingiz sozlang. Lidni Kanban doskada keyingi bosqichga sudrab o‘tkazasiz yoki jadval ko‘rinishida filtrlab, Excelga chiqarasiz.

Sotuv voronkasi Namuna

Yangi lid3

Uchrashuv2

Bron1

Shartnoma1

Kartani bosing — lid keyingi bosqichga o‘tadi

To‘rt xil taqsimlash

Umumiy navbat, foiz ulushi bo‘yicha avtomatik, dispetcher orqali yoki lidni qo‘shgan xodimga.

Bitta lid — bitta mas’ul

Lid menejerga darhol yetadi, ikki xodim bitta mijozni ola olmaydi.

Tez qidiruv

Lid ism, telefon yoki manba bo‘yicha soniyalarda topiladi; hudud va teglar bilan saralanadi.

Bir nechta voronka

Har bir loyiha yoki sotuv kanali uchun o‘z bosqichlari bilan alohida voronka.

Mijozlar bazasi

Mijozlar bazasi: jismoniy va yuridik shaxslar

Xaridorning pasporti, JSHSHIR, manzili va telefonlari, kompaniyaning STIR va bank rekvizitlari bitta kartada saqlanadi va shartnomaga avtomatik qo‘yiladi.

  • JSHSHIR bo‘yicha: shartnoma tuzishda JSHSHIR va pasport kiritilsa, F.I.Sh., pasport ma’lumotlari va manzil o‘zi to‘ladi
  • STIR bo‘yicha: kompaniya direktori, hisob raqami, MFO va OKED avtomatik qo‘yiladi
  • To‘liq tarix: vazifalar, izohlar, qo‘ng‘iroq yozuvlari, shartnomalar va to‘lovlar bitta kartada
  • Bir bosishda: lid mijozga, mijoz esa shartnomaga aylanadi
Mijoz kartasi Namuna

JSHSHIR va pasport bo‘yicha avtomatik to‘ldirildi

JSHSHIR
3120 •••• •••• 47
Pasport
AD •••• 567
F.I.Sh.
Karimova Nodira Akmalovna
Manzil
Toshkent sh., Chilonzor tumani
Telefon
+998 90 ••• •• 12
Lid manbasi
Telegram bot
Shartnomaga o‘zi qo‘yiladi

Vazifalar

Vazifalar, eslatmalar va uchrashuvni avtomatik ko‘chirish

Uchrashuv, qayta qo‘ng‘iroq va obyektni ko‘rsatish — har bir vazifa muddati, muhimligi va mas’uli bilan. Doska ularni kechikkan, bugun, ertaga va keyinroq ustunlariga ajratadi.

  • Menejerga eslatma: muddati yaqinlashgan va o‘tgan vazifalar haqida Telegramda xabar keladi
  • Mijozga eslatma: uchrashuv yoki obyektni ko‘rishdan oldin Telegram yoki SMS orqali
  • Avtomatik ko‘chirish: mijoz «bugun borolmayman, ertaga boraman» desa, vazifa o‘zi ko‘chadi va sababi CRM tarixiga yoziladi
  • Natija: bajarilgan va bajarilmagan vazifalar alohida hisoblanadi
Vazifalar doskasi Namuna

Kechikkan2

Sardor A.Qayta qo‘ng‘iroq · kecha
Jasur T.Narxni yuborish · kecha

Bugun4

Gulnora M.Uchrashuv · 15:00
Bekzod Y.Obyektni ko‘rish · 17:30

Ertaga3

Malika S.Obyektni ko‘rish · 11:00
Dilshod R.Qayta qo‘ng‘iroq · 10:00

Mijoz javobi

Bugun borolmayman, ertaga boraman.

Malika S. bilan uchrashuv ertaga, 11:00 ga ko‘chirildi. Sababi CRM tarixiga yozildi.

Telefoniya

IP-telefoniya, qo‘ng‘iroq yozuvlari va avtoqo‘ng‘iroq

Ofis telefoniyasi CRM bilan ulanadi: har bir qo‘ng‘iroq va uning yozuvi lid kartasiga tushadi. Menejer brauzerdan bir bosishda qo‘ng‘iroq qiladi, katta ro‘yxatlarni esa avtoqo‘ng‘iroq navbati bilan bir necha barobar tez qamrab oladi.

  • Kiruvchi qo‘ng‘iroq: tizim lidni o‘zi topadi yoki yangisini yaratadi
  • Yozuvlar: har bir suhbatni lid kartasida qayta tinglash mumkin
  • Brauzerdagi softfon: raqamni qo‘lda terish shart emas
  • Avtoqo‘ng‘iroq navbati: tanlangan lidlar yoki butun voronka bo‘yicha, avtomatik yoki qo‘lda rejimda
Avtoqo‘ng‘iroq navbati Namuna

Voronka: «Yangi lid»18 / 40

  • Malika S.Yangi lid · Telegram bot03:24Gaplashildi
  • Jasur T.Yangi lid · Qo‘ng‘iroq00:00Javob yo‘q
  • Dilshod R.Yangi lid · Telegram00:41Hozir
  • Sardor A.Yangi lid · Ofis—Navbatda

Har bir qo‘ng‘iroq va yozuv lid kartasiga tushadi

Telegram

Telegram inboks, mijozlar boti va AI javob loyihasi

Kompaniyaning Telegram akkauntlari CRM ichidagi umumiy inboksga ulanadi, yangi yozishma avtomatik lidga aylanadi. AI bo‘sh xonadonlarni xona, narx va maydon bo‘yicha topib, rasmlari bilan javob loyihasini tayyorlaydi — mijozga faqat menejer tasdiqlagan javob ketadi.

  • Mijozlar boti: anketa, jonli operator yoki AI rejimida ishlaydi — xaridor 24/7 javob oladi, birinchi xabardanoq CRMda lid paydo bo‘ladi
  • Yagona xabarlar oynasi: Telegram, bot xabarlari va SMS jurnali bitta oynada, o‘qilmaganlar soni va kompyuter bildirishnomalari bilan
  • Xodimlar boti: rahbar har kuni belgilangan vaqtda tushum, to‘lovlar, qarzlar, shartnomalar va lidlar bo‘yicha hisobotni AI xulosasi bilan oladi
  • Tezkor buyruqlar: /hisobot, /vazifalar va /qarzdorlar — kerakli ma’lumot Telegramning o‘zida
Telegram inboks Namuna

Mijoz · Telegram

Assalomu alaykum! 2 xonali kvartira bormi? Budjet 600 mln atrofida.

AI javob loyihasi

Va alaykum assalom! Ha, B blokda 2 xonali 3 ta bo‘sh xonadon bor — 58, 61 va 64 m². Rejalari va narxlarini yuboryapman. Ko‘rishga qachon kela olasiz?

B-362 xona · 58 m²9-qavatB-412 xona · 61 m²11-qavat

Menejer tasdiqlamaguncha mijozga hech narsa yuborilmaydi

SMS va mijoz bahosi

SMS xabarnomalar, tarqatmalar va mijoz bahosi (NPS)

Mijoz har bir to‘lovi haqida SMS oladi, siz esa xizmatingiz unga qanchalik yoqqanini bilib turasiz.

Avtomatik SMS

To‘lov qabul qilinganda, o‘zgarganda yoki bekor qilinganda mijozga SMS o‘zi boradi.

Ommaviy va rejalashtirilgan tarqatma

Shablon asosida obyekt yoki blok xaridorlariga, qarzdorlarga darhol yoki belgilangan vaqtda SMS yuborasiz. Yetkazilish holati jurnalda ko‘rinadi, yuborish Eskiz orqali.

Mijoz bahosi (NPS)

Mijozga shaxsiy havola yuborib, xizmatni 0 dan 10 gacha ballda baholatasiz; natija CRM analitikasida ko‘rinadi.

Analitika

CRM analitika: konversiya, maqsadlar va sotuv prognozi

Savdo qaysi bosqichda yo‘qolayotganini taxmin qilmaysiz — ko‘rasiz. Voronka konversiyasi, lid manbalari, javob tezligi va har bir xodimning natijasi bitta hisobotda.

  • Maqsad va prognoz: bo‘lim maqsadlari hamda 30, 60 va 90 kunlik sotuv prognozi
  • Xodimlar samaradorligi: lidlar, shartnomalar, konversiya, kechikkan vazifalar va qo‘ng‘iroq vaqti; AI har bir xodim bo‘yicha raqamlarga asoslangan qisqa xulosa yozadi
  • Excelga eksport: lidlar, shartnomalar va to‘lovlar bir bosishda Excel faylga
CRM analitika Namuna

Voronka konversiyasi · oktyabr

  • Yangi lid240 100%
  • Uchrashuv110 46%
  • Bron50 21%
  • Shartnoma34 14%

Sotuv prognozi

30 kun12 shartnoma
60 kun23 shartnoma
90 kun35 shartnoma

AI xulosa: Uchrashuvdan bronga o‘tish pasaydi: 8 ta lid ko‘rishdan keyin javobsiz qoldi.

Xavfsizlik

Rollar va ruxsatlar: har bir xodim faqat o‘z ishini ko‘radi

Har bir rolga faqat kerakli huquqlar beriladi — masalan, menejer, kassir va direktor turli bo‘lim va amallarni ko‘radi. Jami 27 guruhdagi 121 ta amal va 14 ta sahifa ruxsati.

121 ta amal ruxsati

Har bir rol uchun amallar alohida yoqiladi yoki o‘chiriladi.

Bir nechta kompaniya

Holding bir akkauntda bir nechta yuridik shaxsni yuritadi, xodim faqat o‘ziga biriktirilgan kompaniyalarni ko‘radi.

Seanslar va audit

Faol seanslar qurilma va IP bilan ko‘rinadi, audit jurnali o‘zgarishni oldin va keyin holatida saqlaydi.

9 tilda interfeys

O‘zbek, rus, ingliz va yana olti tilda — har bir xodim o‘z tilida ishlaydi.

Savollar

Quruvchilar uchun CRM haqida savollar

Qurilish kompaniyasi uchun CRM oddiy CRMdan nimasi bilan farq qiladi?

SaleHouse uy sotish jarayoniga moslangan: lidlar va voronkalar bilan birga xonadonlar shaxmatkasi, bron, shartnoma, bo‘lib to‘lash grafigi va qarzdorlik bitta tizimda. Lid bir bosishda mijoz va shartnomaga aylanadi, to‘lovlar esa o‘sha kartada ko‘rinadi. Xonadonlar bilan ishlash haqida: xonadonlar shaxmatkasi.

Lidlar menejerlarga qanday taqsimlanadi?

Usulni kompaniya o‘zi tanlaydi: umumiy navbat, foiz ulushi bo‘yicha avtomatik taqsimlash, dispetcher orqali yoki lidni qo‘shgan xodimga biriktirish. Lid menejerga darhol yetadi va ikki xodim bitta lidni ola olmaydi.

Telefoniyani CRMga ulash mumkinmi?

Ha. IP-telefoniya integratsiyasi orqali har bir qo‘ng‘iroq va uning yozuvi lid kartasiga tushadi, kiruvchi qo‘ng‘iroq lidni o‘zi topadi yoki yaratadi. Menejerlar brauzerdagi softfondan qo‘ng‘iroq qiladi. Ofisingiz telefoniyasini ulash imkoniyatini demo paytida birga ko‘rib chiqamiz.

Kompaniya Telegram akkauntida AI mijozga o‘zi javob yuboradimi?

Yo‘q. Telegram inboksida AI faqat javob loyihasini tayyorlaydi: bo‘sh xonadonlarni xona, narx va maydon bo‘yicha topib, rasmlari bilan taklif qiladi. Mijozga javob menejer tasdiqlagandan keyin yuboriladi. AI imkoniyatlari haqida: sotuv bo‘limi uchun sun’iy intellekt.

Rahbar sotuv bo‘limi ishini qanday nazorat qiladi?

CRM analitikasida voronka konversiyasi, lid manbalari, javob tezligi, maqsadlar va 30/60/90 kunlik prognoz ko‘rinadi. Xodimlar samaradorligi sahifasida har bir menejerning lidlari, shartnomalari va kechikkan vazifalari bor, AI esa qisqa xulosa yozadi. Har kuni Telegramga kunlik hisobot keladi.

Mijozlar ma’lumotlari xavfsizmi?

Har bir xodim faqat o‘z roliga ruxsat berilgan bo‘lim va amallarni ko‘radi: 27 guruhdagi 121 ta amal va 14 ta sahifa ruxsati sozlanadi. Har bir kompaniya ma’lumoti boshqalardan qat’iy ajratilgan, faol seanslar nazorat qilinadi, audit jurnali har bir o‘zgarishni saqlaydi.

Bepul demo

CRMni o‘z sotuv bo‘limingiz misolida ko‘ring

Demo davomida voronkangiz, lidlarni taqsimlash qoidalari va telefoniyangiz SaleHouse’da qanday ishlashini ko‘rsatamiz. Ariza qoldiring yoki Telegramda yozing.

Bepul demo

Ism va telefon raqamingizni qoldiring — mutaxassisimiz qo‘ng‘iroq qilib, SaleHouse’ni kompaniyangiz misolida ko‘rsatadi.

Yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laning: @SaleHouseAdmin · +998 20 003 04 00 · @asadbek2278 · +998 90 717 87 15