Binoni aylantiring
Majmuani istalgan tomondan ko‘rsating: bloklar, hovli, tungi yorug‘lik va xonadonlar holati.
AI + 3DQurilish kompaniyalari uchun uy sotish platformasi
Shaxmatka, bron, shartnoma, bo‘lib to‘lash, qarzdorlik nazorati, sun’iy intellekt va interaktiv bino vizuali — birinchi qo‘ng‘iroqdan oxirgi to‘lovgacha butun savdo bitta tizimda.
Yoki qo‘ng‘iroq qiling: +998 20 003 04 003D va interaktiv vizual
Quyidagi interaktiv 3D namunada majmuani aylantiring, qavatni bosib ichiga kiring va xonadonning zal, oshxona, yotoqxona va hammomini ko‘ring. Sotuv ofisida loyihangizning 3D modelini xaridorga xuddi shunday ko‘rsatasiz — uni SaleHouse jamoasi tayyorlaydi.
Majmuani istalgan tomondan ko‘rsating: bloklar, hovli, tungi yorug‘lik va xonadonlar holati.
Qavat kesimida yo‘lak, lift va har bir xonadon holat rangida ko‘rinadi.
Mebel bilan jihozlangan xonalar va 1,6 metr balandlikdan ichkaridan ko‘rinish.
Real render yoki fotosuratda blok va qavat zonalari — muharrirda o‘zingiz belgilaysiz.
Imkoniyatlar
Excel jadvallar, daftar va tarqoq chatlar o‘rniga — xonadonlar, mijozlar, shartnomalar va to‘lovlar bitta joyda. Har bir bo‘lim bir-biri bilan bog‘langan.
Lidlar, sotuv voronkalari, avtomatik taqsimlash, vazifalar va avtoqo‘ng‘iroq — har bir murojaat nazoratda.
Bo‘sh, bron qilingan va sotilgan uylar qavat va podyezd bo‘yicha real vaqtda — 4 xil ko‘rinishda.
Qo‘ng‘iroqlar tahlili, lid bo‘yicha tavsiya va rahbar savollariga javob.
Binoni bosib, kerakli xonadongacha ko‘rsating; 3D model va 360° panorama.
Shablondan shartnoma, to‘lov grafigi, kassa va qarzdorlik nazorati.
Rahbar ilovasida savdo va tushum, xaridor ilovasida shartnoma va to‘lovlar. Ofis uchun Windows va macOS dasturi.
Sun’iy intellekt
Qo‘ng‘iroqlarni tinglaydi, CRMni o‘zi to‘ldiradi, har bir lid bo‘yicha keyingi qadamni aytadi va rahbar savollariga savdo ma’lumotlari asosida javob beradi.
Suhbat matnga aylanadi, operator skript bo‘yicha baholanadi, xaridga qiziqish darajasi ko‘rinadi.
Qo‘ng‘iroqdan keyin xona soni, budjet va keyingi vazifa mijoz kartasiga yoziladi.
AI har bir lidni tahlil qilib, menejerga keyingi aniq qadamni taklif qiladi.
Kun boshida asosiy raqamlar va e’tibor talab qiladigan ishlar ro‘yxati.
Savdo, to‘lov va CRM bo‘yicha savolga javob, Excel fayl yoki diagramma.
O‘zbekcha ovozni matnga aylantirish o‘z serverimizda ishlaydi.
Shaxmatka va bron
Xaridor qaysi uy bo‘shligini so‘rasa, menejer javobni soniyalarda beradi. Shaxmatka barcha xodimlarda real vaqtda yangilanadi.
CRM va mijozlar
Barcha murojaatlar bitta oynada: kim qo‘ng‘iroq qildi, nima so‘radi, keyingi qadam qachon. Lidlar menejerlarga avtomatik taqsimlanadi.
Shartnoma va to‘lovlar
Shartnoma shablondan bir necha daqiqada tuziladi, to‘lov grafigi o‘zi hisoblanadi. Har bir to‘lov kelishi bilan qarzdorlik yangilanadi.
Analitika va ilovalar
Rahbar dashboardi kompyuterda ham, telefonda ham. Xaridorlar esa o‘z shartnomasi va to‘lovlarini ilovada kuzatadi.
Bugungi holat
To‘lovlar tarixi
Savdo dinamikasi, maqsad va prognoz, xodimlar samaradorligi, mijoz bahosi (NPS) va Excelga eksport.
Tushum, shartnomalar, qarzdorlik va shaxmatka — telefoningizda, istalgan joyda.
Shartnoma, to‘lov jadvali va tarixi; ATMOS orqali onlayn to‘lov va avtoto‘lov.
Qulayliklar
SaleHouse’ni jamoangizga moslab sozlaysiz: kim nimani ko‘rishi, qaysi tilda ishlashi va qanday ko‘rinishi — o‘zingiz hal qilasiz.
120 dan ortiq ruxsat: har bir xodim faqat o‘z ishini ko‘radi.
Faol seanslar, qurilmalar va muhim amallar tarixi nazoratda.
O‘zbek, rus, ingliz va boshqa tillarda ishlash mumkin.
Xonadon holati va to‘lovlar hammada bir zumda yangilanadi.
Bir nechta kompaniyani bitta akkauntdan boshqaring.
Logotipingiz tizimda va tijoriy takliflarda ko‘rinadi.
Ish joyini 30 xil fon bilan o‘zingizga moslang.
Yangi xodim tizimni interaktiv qo‘llanmalar bilan tez o‘rganadi.
Qanday boshlaymiz
Tanishuvdan birinchi sotuvgacha yoningizdamiz.
Jarayonlaringizni o‘rganamiz va SaleHouse’ni obyektlaringiz misolida ko‘rsatamiz.
Obyekt, blok va xonadonlar ommaviy kiritiladi, narx va shartnoma shablonlari sozlanadi.
Interaktiv qo‘llanmalar va video darslar bilan xodimlar tez o‘rganadi.
Lid, bron, shartnoma va to‘lovlar bitta tizimda — natija real vaqtda.
Savollar
SaleHouse — qurilish kompaniyalari uchun maxsus CRM: lidlar, xonadonlar shaxmatkasi, bron, shartnoma, bo‘lib to‘lash grafigi va to‘lovlar bitta tizimda. Menejer xonadon holatini real vaqtda ko‘radi, bitta uy ikki marta sotilmaydi, rahbar esa savdo va tushumni har kuni kuzatadi.
Shaxmatka — blokdagi barcha xonadonlarning qavat va podyezd bo‘yicha rangli jadvali: bo‘sh, bron qilingan, sotilgan va nofaol. SaleHouse’da 4 ko‘rinish rejimi va xona, maydon, qavat bo‘yicha filtrlar bor. Batafsil: shaxmatka nima va u nima beradi.
Ha. Shartnoma tuzishda boshlang‘ich to‘lov va muddatni kiritasiz — oylik to‘lovlar jadvali o‘zi hisoblanadi. To‘lovlar kelishi bilan qarzdorlik yangilanadi, xaridor esa jadvalni ilovada ko‘radi. Oylik to‘lovni bo‘lib to‘lash kalkulyatorida hisoblab ko‘ring.
AI qo‘ng‘iroqlarni tahlil qilib, operatorni skript bo‘yicha baholaydi, suhbatdan keyin CRM maydonlarini to‘ldiradi, har bir lid bo‘yicha keyingi qadamni tavsiya qiladi va rahbar savollariga savdo ma’lumotlari asosida javob beradi. Telegramda javob loyihasini tayyorlaydi — mijozga menejer tasdiqlagandan keyingina yuboriladi.
Majmuaning render yoki fotosuratida bloklar, qavatlar va xonadonlar holat rangida belgilanadi — sotuv ofisida xaridorga binoni bosib, kerakli xonadongacha ko‘rsatasiz. 3D model va 360° panoramalarni SaleHouse jamoasi tayyorlab, tizimga joylab beradi.
Brauzerda, Windows va macOS uchun kompyuter dasturida ishlaydi. Rahbar va xaridorlar uchun mobil ilovalar bor. Interfeys 9 tilda, jumladan o‘zbek va rus tillarida.
Har bir xodim faqat o‘ziga ruxsat berilgan bo‘lim va amallarni ko‘radi — 120 dan ortiq alohida ruxsat sozlanadi. Faol seanslar va qurilmalar nazorat qilinadi, muhim amallar tarixi saqlanadi.
Demo so‘rang — mutaxassisimiz SaleHouse’ni kompaniyangiz misolida ko‘rsatadi. Telegram: @SaleHouseAdmin, telefon: +998 20 003 04 00.
Foydali
Bepul demo
Ariza qoldiring yoki Telegramda yozing — 30 daqiqalik demoda shaxmatka, CRM, AI va 3D vizualni obyektlaringiz misolida ko‘rsatamiz.